19:03 / 14.10.2020
4741

Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

15 oktyabrdan boshlab Angren – Olmaliq – Samarqand yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vazirligi qoshidagi Uzautotrans service MChJ tomonidan tashkil etilayotgan avtobuslar ertaga soat 9:00da Angren avtostansiyasidan harakatlanishni boshlaydi. Soat 10:00da esa Olmaliq avtostansiyasidan Samarqand shahri tomon yo‘lga chiqadi. Avtobuslar Bekobod shahri orqali qatnaydi.

Vazirlik xabarida Angrendan Samarqandgacha yo‘l haqi 50 ming so‘m etib belgilangani ma'lum qilingan. Olmaliqdan Samarqandgacha esa 45 ming so‘m to‘lash kerak bo‘ladi. Chiptalarni Angren, Olmaliq, Samarqand avtostansiyalari kassalaridan sotib olish mumkin. 

Top