08:24 / 14.10.2020
26195

Boysunda «Lasetti» va «Kobalt» to‘qnashdi, ikki kishi voqea joyida vafot etdi

YTH yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi TB tomonidan  Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yilning 13 oktabr kuni soat 04:30larda, Surxondaryo viloyati Boysun tumani, To‘da MFY hududidan o‘tuvchi 4R-105 avtomobil yo‘lining 19-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.O. “Lasetti” rusumli avtomobil tezligini me'yoridan oshirgan holda boshqarayotib, o‘zidan oldinda bo‘lgan transport vositasini quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan vaqtida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan J.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi, 33 yoshli S.O. va “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 30 yoshli A.I. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 31 yoshli N.N. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top