16:29 / 14.10.2020
10266

Erdo‘g‘an YeXHTning Minsk guruhini Qorabog‘ni Ozarboyjonga berishga chaqirdi

 Erdo‘g‘an avval ham Minsk guruhini e'tiborsizlikda ayblagandi.

Foto: Getty Images

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an YeXHTning Qorabog‘ bo‘yicha Minsk guruhi "Armaniston bosib olgan yerlarni" Ozarboyjonga qaytarish bo‘yicha harakatni boshlashi kerakligini aytdi.

 "Minsk guruhi hali ham bu jarayonni cho‘zmoqda. Agar masalani hal qilishni istasangiz, yechimni cho‘zish bilan emas, yechimning o‘zi bilan shug‘ullanish kerak. Nahotki bitta muammoni 30 yil yechish mumkin? Minsk guruhi muzokaralarni yakunlab, bosib olingan yerlarni egalariga qaytarishi kerak. Bu o‘n yillarga cho‘ziladigan ish emas. Lekin ular yerlarni berishmadi. Bu nimaga olib keldi? Mana bunday vaziyatga", - dedi Erdo‘g‘an.

 Turkiya Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarboyjonni qat'iy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

 Erdo‘g‘an avval ham Minsk guruhini e'tiborsizlikda ayblagandi.

 «AQSh, Rossiya va Fransiya qariyb 30 yil mobaynida bu muammoni e'tiborsiz qoldirib kelganini inobatga olsak, ular o‘t ochishni to‘xtatish yo‘llarini izlashda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», degandi Erdo‘g‘an. U tinchlik faqat «arman bosqinchilari» Tog‘li Qorabog‘ni tark etganidagina o‘rnatilishini aytib o‘tgan.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top