12:50 / 14.10.2020
4037

«O‘zbekinvest Assistans» xizmat ko‘rsatish agentligining avariyaviy komissarlari avtomobil egalariga yo‘llarda yordam berishda davom etmoqda

Foto: O‘zbekinvest

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi maxsus xizmatining avariyaviy komissarlari avtomobil egalariga yo‘l-transport hodisalarida yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.

Joriy yilning sentabr oyida avariyaviy komissarlar majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha kompaniya bilan shartnoma tuzgan «O‘zbekinvest» mijozlariga texnik, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish uchun 40 dan ortiq avtohalokat joylariga chiqishdi. 5 ta mijoz uchun avtohalokat joyidan avtomashinani bepul evakuatsiya qilish tashkil etildi, 2 ta avtomobil egalari bepul «hushyor haydovchi» xizmatidan foydalanishdi va 37 ta avtomobil egasiga yo‘lda kichik nosozliklarni bartaraf etishda texnik yordam ko‘rsatildi.

«O‘zbekinvest Assistans» kompaniyasi avariyaviy komissarlarining asosiy vazifalari bu har qanday noxush va baxsiz hodisa yuz berganda mijozlarga yordam ko‘rsatishdir. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan komissarlar operativ ravishda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda va sug‘urta tovonini olish uchun zarur hujjatlarni to‘plashda yordam berishga tayyor.

Shuningdek, ixtiyoriy KASKO 2.0 avtosug‘urta polisini poytaxtda rasmiylashtirgan «O‘zbekinvest» mijozlari uchun assistans xodimlari bepul evakuator, «hushyor haydovchi» («peregon» xizmati), taksi xizmatlarini tashkil etish va xarajatlarini qoplab berish, yo‘lda texnik nosozliklar yuzaga kelsa yordam ko‘rsatish kabi bepul qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatadilar.

«O‘zbekinvest»da yo‘l transport hodisasiga uchragan mijozlarni 24/7 qo‘llab-quvvatlash markazi mavjud. 1160 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyaning har bir mijozi yoki avtomobil egasi avariyaviy komissarini voqea sodir bo‘lgan joyga chaqirishi, kerakli yordam va maslahat olishi mumkin.

Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta turlarini kompaniya veb-saytida bepul yetkazib berish xizmati bilan rasmiylashtiring: insurance.uz

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Facebook: fb.com/Uzbekinvest

Instagram: @uzbekinvest_

Telegram: t.me/uzbekinvestnic

Youtube: youtu.be/Uk5ndiC-VuU

Reklama huquqi asosida

Top