14:51 / 15.10.2020
23593

Bishkekda namoyishchilar parlamentni tarqatib yuborish talabi bilan chiqishdi

Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni iste'foga chiqdi. Yangi bosh vazir Sadir Japarov 14 oktabr kuni Jeenbekov bilan uchrashuv o‘tkazgan va talabini bildirgan, ammo prezident lavozimini tark etishni istamagandi. 

Foto: RIA Novosti

Bishkekda Qirg‘iziston bosh vaziri Sadir Japarovning tarafdorlari prezident Sooronbay Jeenbekovning iste'fosidan so‘ng yangi talab bilan chiqishdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.

 Xabar qilinishicha, miting qatnashchilari parlamentning tarqatib yuborilishini talab qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni iste'foga chiqdi.

Bu iste'fo yangi bosh vazir Sadir Japarovning talabi bilan amalga oshdi. Japarov 14 oktabr kuni Jeenbekov bilan uchrashuv o‘tkazgan va talabini bildirgan, ammo prezident lavozimini tark etishni istamagandi.  

Jeenbekov respublikada parlament saylovlari o‘tkazilganidan keyin iste'foga chiqishini aytgandi.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Top