14:42 / 16.10.2020
8228

AQSh Qrim atrofida fuqaro aviatsiyasi samolyotlari parvoziga ruxsat berdi

AQSh o‘z samolyotlariga Simferopol havo hududida reyslarni amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda AQSh Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining xabarnomasida so‘z boradi.

Foto: Getty Images

Rasmiy hujjat bugun 16 oktabr kuni e'lon qilinadi hamda 27 oktyabrdan kuchga kirishi kutilmoqda.

AQSh Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining ma'lum qilishicha, bir necha yillar davomida amal qilgan taqiqning olib tashlanishi, Qrim Rossiyaning bir qismi sifatida tan olinishini bildirmaydi.

Shuningdek, rasmiy Moskva (Ukraina bilan) raqobat qilayotgan aeronavigatsiya xizmatlarini yetkazib berayotganlarni qo‘llab turgan bo‘lishiga qaramay, Ukraina Simferopol havo hududida reyslarning xavfsizligiga tahdidlarni qisqartirish uchun barcha choralarni ko‘rishga tayyorligini namoyish qildi.

Shu sababli, AQSh Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi bu harakatlar Qora dengiz ustida uchayotgan fuqarolik aviatsiyasiga bo‘lgan xavfni yetarlicha kamaytirganini va bu hududda aviareyslar harakatini tiklashga imkon berganini ma'lum qilgan.

Shu bilan bir qatorda, Qo‘shma Shtatlar o‘z kompaniyalariga Ukraina sharqidagi ziddiyat tufayli Dnepropetrovsk havo hududida reyslarni amalga oshirishga qo‘yilgan taqiqni saqlab qoldi.

Top