19:33 / 17.10.2020
15449

Ozarboyjon Ganji shahri o‘qqa tutilgani uchun Armanistonga qanday javob qaytarishini ma'lum qildi

Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi qurolli kuchlari tomonidan Ganji shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirgandi.

Foto: RIA Novosti

Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Hikmat Gajiyev Boku Ganji shahrining o‘qqa tutilishiga javoban harbiy obektlarni nishonga olishini aytdi.

Uning aniqlik kiritishicha, fuqaro obektlari o‘qqa tutilmaydi.

"Ozarboyjon uchun fuqaro obektlari va fuqarolar nishon hisoblanmaydi. Ozarboyjon faqat qonuniy harbiy nishonlarni o‘qqa tutadi. Bu Ozarboyjonning pozitsiyasi", – dedi Gajiyev.

Avvalroq Ozarboyjon Armaniston va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi (TQR) qurolli kuchlari tomonidan Ganji shahrining o‘qqa tutilishi oqibatida o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lganini bildirgandi.

Mazkur hodisa yuzasidan Turkiya ham o‘z munosabatini bildirib, Armanistonni harbiy jinoyatlarda aybladi.

Mavzuga oid
Top