09:24 / 19.10.2020
4317

Pokistonda yo‘lovchi avtobusi ko‘chki ostida qolishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda tog‘ yo‘lida yo‘lovchi avtobusi ko‘chki ostida qolishi fojiali yakunlandi. Avtobus Ravalpindi shahridan Skarduga yo‘nalayotgan bo‘lgan.

Voqea oqibatida avtobusdagi barcha odamlar – 16 kishi halok bo‘lgan.

Skardu okrugi komissari o‘rinbosari Anas Iqbolning ma'lum qilishicha, barcha yo‘lovchilar mahalliy aholi orasidan bo‘lgan. Ular uyga qaytayotgan bo‘lganlar. 

Hozirda yo‘lni tozalash va harakatni tiklash ishlari olib borilmoqda.

Top