20:58 / 21.10.2020
3806

Shovot va Xiva tumanlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha sessiyalar bo‘lib o‘tdi

20 oktabr kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Shovot tumani va Xiva tumani kengashlarining navbatdagi sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Shovot tumani hokimligi

Hokimliklar tarqatgan xabarga ko‘ra, sessiyalarda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash masalalari muhokama qilingan.

Sessiyalarda hokimlar, deputatlar va tumanlarning boshqa mas'ullaridan tashqari, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjonov, Xorazm viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova ham ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligi masalasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan edi. Shundan so‘ng mamlakatda hokimlar va boshqa sektor rahbarlari tomonidan bir nechta muhim iste'mol tovarlarining narxi ustidan nazorat o‘rnatildi.

Mavzuga oid
Top