17:35 / 22.10.2020
25252

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni e'lon qilindi

2020 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra, Pensiya jamg‘armasi hisobida turuvchi pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 785 520 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

Hududlar bo‘yicha hisoblanganda, ularning eng ko‘pi – 13,1 foizi Toshkent shahriga, 12,4 foizi Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich Toshkent, Buxoro, Farg‘ona, Sirdaryo, Andijon, Xorazm viloyatlarida 11 foiz va undan ko‘proqni tashkil qiladi. Boshqa hududlarda esa 9 foizdan 10 foizgacha bo‘lgan qiymatni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda pensiyalarning o‘rtacha miqdori 817 ming 457 so‘mni, nafaqalarning o‘rtacha miqdori 463 ming 121 so‘mni tashkil etmoqda.

1991 yil 1 yanvardagi ma'lumotda 2 million 158 ming 995 nafar pensiya va nafaqa oluvchi qayd etilgan.

Top