18:21 / 23.10.2020
9164

Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1 mln kishidan oshdi

2020 yilning 1 oktabr holatiga ko‘ra, Navoiy viloyatining doimiy aholisi soni 1,009 mln kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatoriga kirdi.

Foto: Advantour

Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni esa 856,9 ming kishini tashkil etib, respublikadagi aholisi soni milliondan kam yagona viloyat bo‘lib qolmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 1 oktabr holatiga doimiy aholi sonining hududlar bo‘yicha taqsimlanishi:

  • Samarqand viloyati – 3,928 mln kishi 
  • Farg‘ona viloyati – 3.802 mln kishi
  • Qashqadaryo viloyati – 3,318 mln kishi
  • Andijon viloyati – 3,172 mln kishi
  • Toshkent viloyati – 2,977 mln kishi
  • Namangan viloyati – 2,852 mln kishi
  • Surxondaryo viloyati – 2,667 mln kishi
  • Toshkent shahri – 2,654 mln kishi
  • Buxoro viloyati – 1,939 mln kishi
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1,916 mln kishi
  • Xorazm viloyati – 1,884 mln kishi
  • Jizzax viloyati – 1,403 mln kishi
  • Navoiy viloyati – 1,009 mln kishi
  • Sirdaryo viloyati – 856,9 ming kishi.
Top