00:51 / 25.10.2020
10276

AQShning Ozarboyjondagi elchixonasi Bokuda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: RIA "Novosti"

Qayd etilishicha, teraktlar JW Marriott Absheron mehmonxonasida va "Bokuning boshqa joylarida" amalga oshirilishi mumkin.

AQShning Ozarboyjondagi elchixonasi o‘z fuqarolari va boshqa xorijliklarni Bokuda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

"AQShning Bokudagi elchixonasi Bokuda AQSh fuqarolari va xorijliklarga qarshi hujum va o‘g‘irlab ketishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida ishonchli xabarlar oldi", - deyiladi elchixona xabarida.

Qayd etilishicha, teraktlar JW Marriott Absheron mehmonxonasida va "Bokuning boshqa joylarida" amalga oshirilishi mumkin.

Elchixona fuqarolarni hushyorlikka va odamlar gavjum joylardan uzoqroqda bo‘lishga chaqirgan.

15 oktyabrda Ozarboyjon xavfsizlik xizmati fuqarolarni Armaniston maxsus xizmatlari Boku va Ozarboyjonning yirik shaharlarida teraktlar uyushtirishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida  ogohlantirgandi.

Top