21:15 / 26.10.2020
10599

Tixanovskaya Belarusdagi ish tashlashlar qatnashchilari uchun 7 mln dollardan ortiq pul yig‘ilganligini aytdi

Tixanovskaya mamlakatdagi ish tashlashlarda «ishonish qiyin bo‘lgan birdamlik» kuzatilayotganini ta'kidladi.

Foto: Getty Images

Belarusdagi ish tashlashlarda qatnashayotgan aholiga yordam ko‘rsatish jamg‘armalari 7 mln dollardan ortiq pul yig‘di. Bu haqda Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya ma'lum qildi.

«Biz dunyoda birdamlikni kuzatmoqdamiz. «Siz ish tashlashingiz uchun biz ishlaymiz» aksiyasini yo‘lga qo‘ygandik. Odamlar kunlik maoshlarini ish tashlashlarda qatnashayotgan aholiga yordam ko‘rsatish jamg‘armalariga o‘tkazishmoqda va mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, allaqachon 7 mln dollardan ortiq pul yig‘ildi», - dedi u.

Tixanovskaya shuningdek, mamlakatdagi ish tashlashlarda «ishonish qiyin bo‘lgan birdamlik» kuzatilayotganini aytdi.

«Bugungi kun umummilliy ish tashlashning boshlanishi xolos, ishonchim komilki, u davom etadi», - deb ta'kidladi u.

26 oktabr kuni Belarusda umummilliy ish tashlashlar boshlandi. Svetlana Tixanovskaya hukumat «xalq ultimatumi»ni bajarmagach, umummilliy ish tashlashlar haqida e'lon qilgandi. Ish tashlashlarga qator davlat korxonalari va xususiy kompaniyalar xodimlari ham qo‘shilishgan.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top