12:15 / 26.10.2020
10101

Yaponiyaning yangi bosh vaziri Kuril orollari borasidagi muzokaralarga yakuniy nuqta qo‘ymoqchi

Yaponiyaning yangi Bosh vaziri Yosixide Suga Kuril orollari borasidagi muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlab, Rossiya bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish hamda tinchlik shartnomasi imzolashni niyat qilmoqda. Bu haqda Bosh vazir Yaponiya parlamentidagi ilk nutqida ma'lum qilgan.

Foto: EPA-EFE

«Keyingi avlodlarga ham bu muammoni qoldirmasdan, shimoliy hududlar [Kuril orollari] borasidagi muzokaralarga yakuniy nuqta qo‘yish kerak. Men oliy rahbariyat darajasidagi ochiq muloqotlar yordamida Rossiya bilan har tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilaman, shuningdek, tinchlik shartnomasini imzolashga ham…» – dedi Suga.

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasining yangi raisi 71 yoshli Yosixide Suga 16 sentabr kuni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi. Uning nomzodini parlament deputatlarining aksariyati qo‘llab-quvvatlagan.

Hukumatning avvalgi rahbari Sindzo Abe sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli iste'fo bergandi.

Mavzuga oid
Top