10:30 / 28.10.2020
8946

Jizzaxda «Vaz-2106» va eshak arava ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

2020 yil 27 oktabr kuni soat 19:50larda Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hududidan o‘tuvchi 4R-196 “Yangiyer-Dashtobod” avtomobil yo‘li 35-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro B.P. “Vaz-2106” rusumli transport vositasini katta tezlikda boshqarib borayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan eshak aravaning orqa tomonidan urib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, eshak aravada bo‘lgan, 1958 yilda tug‘ilgan X.E. hamda 1998 yilda tug‘ilgan A.P. turli darajada tan jarohatlari olib Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top