20:59 / 29.10.2020
2446

Airbus’ning 2020 yildagi zarari 2,7 milliard dollarga yetdi 

Foto: Regis Duvignau / Reuters

Airbus Group guruhi 2020 yilning 3-choragi va ilk 9 oyi bo‘yicha moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Kompaniya xarajatlarni qisqartirishiga qaramay, chorakni 767 mln dollarlik zarar bilan yakunlagan. Umuman olganda, kompaniyaning yil boshidan beri ko‘rgan zarari 2,7 mlrd dollarga yetgan.    

Kompaniyada ta'kidlanishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmayotgani sababli yaqin kelajakka biror prognoz berish qiyin bo‘lmoqda. Biroq shunga qaramay, kompaniya vaziyat barqarorlashayotganini aytmoqda.          

Airbus 3-chorakda mijozlarga 145 ta, yil boshidan beri esa 341 ta samolyot yetkazib bergan. Taqqoslash uchun shuni aytish mumkinki, kompaniya 2019 yil 1-choragining o‘zida buyurtmachilarga 571 ta layner yetkazib bergandi.  

Avvalroq Airbus’ning bosh raqobatchisi – Boeing kompaniyasi ham o‘z hisobotini taqdim etgandi. Unga ko‘ra, AQSh aviasozlik kompaniyasi 3-chorakda 466 mln dollar zarar ko‘rgan. Kompaniya 3-chorakda butun dunyoda bor-yo‘g‘i 13 ta samolyotga buyurtma olgan.   

Top