15:04 / 29.10.2020
36105

Turkolog Andrey Kubatin vafot etdi

O‘zbekistonlik turkolog olim Andrey Kubatin 29 oktabr kuni vafot etdi. U koronavirusdan xastalanib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanayotgandi.

Ko‘pchilikka nohaq qamalgan turkolog olim sifatida tanish bo‘lgan, bir yil avval ozodlikka chiqqan Andrey Kubatin 29 oktyabrda koronavirusdan vafot etdi. Ushbu ma'lumotni marhumning yaqinlari Kun.uz'ga tasdiqladi.

Kubatin 2019 yil dekabrdan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2019 yil 26 sentabr kuni Toshkent viloyati sudida Kubatinning ishi qayta ko‘rib chiqilgan va olim to‘liq oqlanib, sud zalidan ozod etilgandi. Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan yosh olim 2017 yili Jinoyat kodeksining 157-moddasi («Davlatga xoinlik qilish») nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib hibsga olingandi. O‘sha yili Kubatinga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Kubatin va uning turmush o‘rtog‘i, olima Feruza Jumaniyozova Kun.uz'ga intervyu berib, qiziqarli suhbat davomida hayotlarining ommaga ma'lum bo‘lmagan qirralari, ilm va olim tiynati, tarixchi olimni qiynagan muammolar, shuningdek, ilmiy faoliyatlari haqida so‘zlab berishgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top