08:29 / 02.11.2020
8391

JSST rahbari karantinga ketdi

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus koronavirusga chalingan odam bilan aloqada bo‘lgani ma'lum bo‘lgandan keyin karantinga ketdi. 

“Aniqlanishicha, men koronavirusga tahlili musbat chiqqan odam bilan aloqada bo‘lganman. O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, menda hech qanday simptomlar yo‘q. Biroq JSST bayonnomalariga muvofiq, bir necha kun o‘zimni yakkalayman va uydan ishlayman”, deb yozgan JSST rahbari tvitterda.

Gebreyyesusning ta'kidlashicha, barcha odamlar sog‘liqni saqlash bo‘yicha tavsiyalarga amal qilishi muhimdir.

“Aynan shu yo‘l bilan koronavirus tarqalishi zanjirini uza olamiz, virusni yengamiz va sog‘liqni saqlash tizimini himoya qilamiz”, deb aytgan JSST rahbari.

Mavzuga oid
Top