12:54 / 02.11.2020
21100

O‘zbekiston milliy jamoasining Suriya va Iroqqa qarshi o‘yinlari uchun 28 nafar futbolchi chaqirildi 

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.

Shu sababli, milliy jamoamiz uchun 6-18 noyabr kunlari Toshkent va Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga 28 nafar futbolchini jalb etdi. Ushbu yig‘in doirasida Suriya hamda Iroq milliy jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

6 noyabr kuni milliy jamoamiz vakillari Toshkentda yig‘iladi va mashg‘ulotlarga kirishadi. Jamoaning barcha a'zolari yig‘ilgach, 9 noyabr kuni tongda O‘zbekiston milliy jamoasi delegatsiyasi Toshkent-Dubay havo reysi orqali BAAga yo‘l oladi.

Milliy jamoamiz 12 noyabr kuni Suriya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 17 noyabr kuni Iroq vakillariga qarshi o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston milliy jamoasiga taklif etilgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov («Nasaf»), Botirali Ergashev («Qo‘qon-1912»), Javohir Ilyosov («Lokomotiv»).

Himoyachilar: Husniddin Aliqulov («Nasaf»), Rustam Ashurmatov («Kvachju», Janubiy Koreya), Igor Golban («Navbahor»), Yegor Krimets («Paxtakor»), Islomjon Qobilov («Bunyodkor»), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Bunyodkor»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).

Yarimhimoyachilar: Lutfulla To‘rayev («Bunyodkor»), Abror Ismoilov («Paxtakor»), Otabek Shukurov («Sharja», BAA), Azizbek Turg‘unboyev («Navbahor»), Jamshid Iskanderov («Syonnam», Janubiy Koreya), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Oybek Bozorov («Nasaf»), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Sanjar Qodirqulov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»), Azizjon G‘aniyev («Shabob Al Ahli», BAA).

Hujumchilar: Shahzodbek Ubaydullayev («Metallurg»), Bobur Abduxoliqov («Nasaf»), Igor Sergeyev («Paxtakor»).

Top