14:25 / 05.11.2020
2928

Partiyalarning saylovlarda tashqi reklama va elektron monitorlardan bepul foydalanishi bekor qilinishi mumkin 

Foto: Shutterstock

Siyosiy partiyalarning saylovlarda tashqi reklama va elektron monitorlardan bepul foydalanish tartibi bekor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tenglikka rioya qilgan holda siyosiy partiyalarga tashqi reklama vositalari va elektron monitorlarni bepul ajratish amaliyoti partiya va nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqoti tadbirlarining o‘xshashligi va bir xilligiga sabab bo‘lmoqda.

Navbatdagi saylovlarda ushbu amaliyotdan voz kechish orqali saylovoldi tashviqotining xilma-xilligiga imkon yaratish mo‘ljallangani aytiladi.

Bildirilishicha, 2019 yilgi saylovlarda OAVda, internet sahifalarida va ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy partiyalar va ularning nomzodlariga oid jami 141 952ta tashviqot materiallari e'lon qilingan.

Ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini tarqatish uchun barcha tumanlar va shaharlar bo‘ylab har bir partiya uchun 225 donadan jami 1 120ta tashqi reklama vositalari, shuningdek, tashviqot roliklarini joylashtirish uchun 70ta elektron monitor bepul ajratilgan.

Mavzuga oid
Top