17:42 / 06.11.2020
5180

Energetika vaziri o‘rinbosari quyosh batareyalaridan foydalanishda soliq va to‘lovlar yo‘qligini ma'lum qildi

Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev «Energetika tizimidagi eng so‘nggi yangiliklar, kuz-qish mavsumiga ko‘rilayotgan choralar» mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aholi quyosh batareyalaridan foydalanganda qo‘shimcha soliq va to‘lovlar to‘lashi kerakligi haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

«Quyosh yordamida elektr energiyasini aholi o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqarganda qandaydir qo‘shimcha soliqqa tortiladi, degan gap-so‘zni chiqarishning o‘zi bu – davlat siyosatiga qarshi ketish. Hech qanday soliqqa tortilmaydi. Hech qanday qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q.

Qo‘shimcha sifatida aytishim mumkinki, mana shunday texnologiyalarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotishda davlat tomonidan bir qator chegirma va preferensiyalar berilgan. Tannarxini pastroq ushlash uchun, aholi orasida yoyilishi ko‘lamini kengaytirish maqsadida.

Yana bir bor aytaman: hech qanday soliq va to‘lovlar yo‘q», deya Sherzod Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top