16:33 / 06.11.2020
13032

Nukus shahri hokimi o‘zgardi

Bugun, 6 noyabr kuni, Nukus shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga Utemurat Panayev tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma'lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalovning hokimni tayinlash to‘g‘risida farmoyishi qabul qilingan.

Shu vaqtda qadar Nukus shahri hokimi bo‘lib kelayotgan Paraxat Tureshov qaysi lavozimda faoliyat yuritayotgani haqida hozircha ma'lumot berilmadi. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Tureshov betobligi sababli shifoxonada davolanmoqda.

Mavzuga oid
Top