11:37 / 07.11.2020
3440

OTMda soliq sohasi bo‘yicha maxsus fanni joriy etish taklif qilindi

Oliy ta'lim muassasalarida soliq sohasiga doir bilimlar berib boriluvchi maxsus fanni joriy etish taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tegishli petitsiya joylashtirilgan.

Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro

Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat soliq tizimi faoliyati samaradorligini belgilovchi mezon sifatida ikkita asosiy ko‘rsatkich, ya'ni:

birinchi, davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda “shaxsiy kabinet”dan foydalanish darajasi; 

ikkinchi, elektron hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish va onlayn nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni qo‘llash tajribasi nazarda tutiladi. 

“Biroq ko‘pchilik davlat soliq tizimida mavjud bo‘lgan dasturiy mahsulotlarning ishlash tamoyili va foydalanish tartibini bilmaydi. Shu sababli oliy ta'lim muassasalarida soliq sohasiga doir bilimlar berib boriladigan “Soliq va soliqqa tortish” maxsus fanini joriy etish kerak”, – deb yozadi murojaat muallifi. 

Ta'kidlanishicha, mazkur fan doirasida talabalarning davlat soliq tizimida joriy etilgan dasturiy mahsulotlar bilan yaqindan tanishishlari va ularni amaliyotda qo‘llay olishlari uchun imkoniyat yaratiladi. Shuningdek, ular soliq huquqiga doir kerakli ma'lumotlarni egallab, natijada namunali soliq to‘lovchi sifatida katta hayotga kirib borishiga erishish mumkin.

Oliy ta'lim muassasalarida soliq sohasiga doir bilimlar berib boriluvchi maxsus fanni joriy etish taklif qilingan.

Top