18:41 / 07.11.2020
9687

Parijda Saudiya malikasining 600 ming yevrolik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

Malika avgustdan beri Fransiya janubida dam olayotgandi va 5 noyabr kuni Parijga qaytgandi.

Foto: stolitsa.ee

Saudiyalik malikaning Parijdagi xonadonidan qiymati 600 ming yevrolik buyumlar o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda La Parisien nashri xabar bermoqda.

 Nashrning yozishicha, maydoni 200 kv metr bo‘lgan xonadondan har birining qiymati 10 ming yevrodan 35 ming yevrogacha bo‘lgan 35 dona Hermès sumkalari o‘g‘irlab ketilgan. Bundan tashqari, qiymati 80 ming yevrolik taqinchoqlar va mo‘ynali paltolar ham yo‘qolgan.

Malika avgustdan beri Fransiya janubida dam olayotgandi va 5 noyabr kuni Parijga qaytgandi. Politsiyaning bildirishicha, xonadon qulfi buzilmagan, ammo uning zaxira kalitlari yo‘qolgan.

Tergovchilar malikaga tanish ayolni o‘g‘irlikka aloqador deb hisoblashmoqda. U malikadan qimmatbaho buyumlarini E-Bay auksionida sotishni bir necha bor so‘ragan, ammo malika bu taklifga ko‘nmagan.

Mavzuga oid
Top