18:09 / 07.11.2020
6340

Yana besh mamlakatdagi fermalarda norkalarga koronavirus yuqishi qayd etildi

Avvalroq Daniyadagi fermalardan birida norka – qorako‘zanda koronavirusning mutatsiyaga uchragan turi aniqlangandi. 

Foto: Reuters

Yana besh mamlakat – Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQShdagi qorako‘zan yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabar berdi.

Avvalroq Daniyadagi fermalardan birida qorako‘zanda koronavirusning mutatsiyaga uchragan turi aniqlangandi.  

 Kopenhagen ushbu mutatsiya har qanday vaksinaning samaradorligini yo‘qqa chiqarishi mumkinligi haqida ogohlantirdi va mamlakatdagi 15-17 mln bosh qorako‘zanni yo‘q qilishga qaror qildi

 Iyun oyida shunday qarorni Niderlandiya hukumati qabul qilgandi: o‘shanda mamlakatdagi qorako‘zan fermalarida koronavirus tarqalishi qayd qilingandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top