21:48 / 08.11.2020
12686

Trampning kuyovi unga saylovlardagi mag‘lubiyatni tan olishni taklif qilgani ma'lum qilindi  

AQSh prezidenti Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner qaynotasiga prezident saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan olishni taklif qilgan. Bu haqda ikkita manbaga tayanib CNN telekanali xabar berdi.  

Foto: AP Photo/Pablo Martinez Monsivais

Telekanal amaldagi prezident kuyovining bu taklifiga qanday munosabat bildirganini ma'lum qilmagan

Avvalroq Tramp saylovlarda yutqazganini tan olmasligini va sud orqali ovozlar qayta hisoblanishiga erishmoqchiligini ta'kidlab o‘tgan.

AQSh prezidenti saylovlari rasmiy natijalari hali e'lon qilinmadi. Biroq 7 noyabrda AQShning yetakchi ommaviy axborot vositalari Demokratik partiya nomzodi Jo Baydenni saylovlar g‘olibi deb e'lon qilgan.

Keyinroq Baydenning o‘zi ham amerikaliklarga murojaat qilib, o‘z foydasiga 74 mln ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozonganini e'lon qilgan. 

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top