07:33 / 08.11.2020
14573

Yerevan Pashinyanning iste'fosi to‘g‘risidagi xabarlarga izoh berdi

Avvalroq Facebook’da Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat sababli Pashinyan iste'foga chiqqani to‘g‘risida xabar paydo bo‘lgandi. 

Foto: AP

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning matbuot kotibi Mane Gevorgkyan bosh vazirning iste'foga chiqishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini ma'lum qildi. U bu haqda o‘zining Facebook sahifasida yozdi.

«Armaniston Respublikasi bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste'foga chiqishi to‘g‘risidagi xabar  dezinformatsiya va haqiqatga mos kelmaydi», — deyiladi Gevorgkyanning xabarida.

Avvalroq Facebook’da Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat sababli Pashinyan iste'foga chiqqani to‘g‘risida xabar paydo bo‘lgandi. 

Pashinyan 2018 yilda, xalq noroziligi natijasida bosh vazir Serj Sargsyan lavozimidan chetlashtirilganidan keyin hukumat tepasiga  kelgandi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top