11:15 / 09.11.2020
12494

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yangi Sog‘liqni saqlash vaziri tayinlandi

Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Murad Ismailovich Qurbanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Murad Qurbanov Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Respublika onkologiya dispanseri bosh shifokori singari mas'ul lavozimlarda ishlagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lumotiga ko‘ra, u shu vaqtga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali direktori vazifasida ishlab kelgan.

Oktabr oyi oxirida Otajon Hamroyev o‘z arizasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini tark etgandi. U 2020 yilning may oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid
Top