22:55 / 09.11.2020
13074

Trampning vertolyotlaridan biri sotuvga qo‘yildi

Vertolyot Trampning istagiga binoan jihozlangan: o‘rindiqlariga oq charm qoplangan va oltindan tayyorlangan xavfsizlik kamarlariga ega. 

Foto: Daily Mail

AQSh prezidenti Donald Trampning vertolyoti sotuvga qo‘yildi. Bu haqda TMZ portali yozmoqda.

 Tramp Oq uy mulki bo‘lmagan uchta Sikorsky S76-B vertolyoti va bir nechta shaxsiy samolyotlariga ega. Oq uy rahbari vakillarining topshirig‘iga binoan vertolyotlardan biri Aero Asset kompaniyasi orqali sotuvga qo‘yilgan.

Vertolyot Trampning istagiga binoan jihozlangan: o‘rindiqlariga oq charm qoplangan va oltindan tayyorlangan xavfsizlik kamarlariga ega. 

Qayd etilishicha, bunday vertolyotlarning narxi 700-800 ming dollar atrofida bo‘lib, yangiroq modellari bir-ikki million dollar turadi. Nashrning taxminicha, Trampning vertolyoti ko‘pi bilan 1,5 million dollarga sotilishi mumkin.

Top