08:17 / 11.11.2020
3922

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 0,4 foizga o‘sdi

2020 yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 foizga (2019 yilning 9 oyligida 5,9 foizga) o‘sdi.

Foto: Depositphotos

Davstatqo‘m xabarida aytilishicha, joriy davrda YaIM o‘sishida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining hissasi eng yuqori bo‘ldi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 3,4 foizga oshgan holda, YaIMning 0,8 foiz punktga o‘sishini ta'minladi.

Qurilish tarmog‘ida 8,6 foizga yuqori o‘sish sur'atlari kuzatilgan bo‘lsa-da, YaIM o‘sishidagi hissasi 0,5 foiz punktni tashkil etdi.

Sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmlarining 2,7 foizga kamayishi ta'sirida YaIM hajmining 0,7 foiz punktga kamayishi kuzatildi.

Shuningdek, xizmatlar sohasida kuzatilgan 0,7 foizga kamayish YaIM o‘sishiga -0,2 foiz punkt salbiy ta'sir ko‘rsatdi.

Mahsulotlarga sof soliqlarning 0,6 foizga kamayishi, YaIM o‘sishiga sezilarli salbiy ta'sir ko‘rsatmadi va -0,04 foiz punktni tashkil etdi.

Mavzuga oid
Top