23:24 / 12.11.2020
33478

Kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari sanasi belgilandi

Kollej va texnikumlarga saralash imtihonlari bu yil 20 noyabrdan 30 noyabrga (30 noyabr kuni ham) qadar o‘tkaziladi.

Foto: O‘zA

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu Davlat qabul komissiyasining 7-son bayonida ko‘zda tutilgan.

2020/2021 o‘quv yili uchun saralash imtihonlari kollej va texnikumlarning 178 tasida test sinovlari, 176 tasida esa yozma imtihon shaklida o‘tkaziladi. Sport sohasidagi kollej va texnikumlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarda kontrakt narxi 3,9 – 4,2 million so‘m oralig‘ida.

Mavzuga oid
Top