11:24 / 13.11.2020
11846

14 noyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 14 noyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-2 daraja, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top