16:59 / 13.11.2020
7436

Bir oila yordamingizga muhtoj: 27 yoshli onaning farzandlari bag‘riga qaytishiga ko‘maklashaylik

Ulg‘ayib qolgan, katta yoshdagi kishi ham uyida onasining sog‘-salomat yurishini, ishdan qaytganda u bilan suhbatlashib ko‘ngil yozishni xohlaydi. Chirchiq shahrida yashovchi, maktabga endi chiqqan va hali yoshiga yetmagan bolakaylar esa hozir onasidan uzoqda. 27 yoshli Zarina Alimqulova 2020 yilning mart oyida og‘ir dardga chalinib yotib qoldi.

Falaj bo‘lgan yoshgina juvon mana 9 oydan buyon o‘rnidan turolmaydi. Shifokorlar ayol doimiy tartibda fizoterapiya muolajalarini olsa, tuzalib ketishini aytmoqda. Bemor muolajalarni har 3 oyda olishi kerak. Har bir davolash kursi 10 kun davom etib, kuniga o‘rtacha 100 ming so‘mdan to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, bemorning doimiy ichib yuradigan dorilari ham anchagina mablag‘ talab qiladi. Oila uchun yagona daromad keltiruvchi inson bemorning turmush o‘rtog‘i bo‘lib, hozirda haydovchilik bilan shug‘ullanadi. Ammo u ham o‘tgan yili bir marta insultni boshdan o‘tkazib, kasallikdan so‘ng tanasining bir tomoni yaxshi ishlamay qolgan.

Oila daromadi dorilarga ham yetmaydi. Zarina yotib qolgani sabab uning holidan, issiq-sovug‘idan xabardor bo‘ladigan kishi yo‘q. Oila amal-taqal qilib, kuniga 40 ming to‘lab enaga yollashga majbur. Zarinaning katta farzandi maktabga endi chiqqan, kichigi esa hali 1 yoshga to‘lmagan. Bolalar ularni parvarishlaydigan, darslariga yordamlashadigan kishiga muhtoj.

Alloh xohishi va sizning yordamingiz bilan ayol oyoqqa turishni boshlab, farzandlari bag‘riga qaytsa, savobga hissa qo‘shgan bo‘lasiz. Oilaga yordam berishni istaydiganlar bo‘lsa, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.

Zarina Alimqulovaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 3329 8543 3287 (Talgat Umurzakov nomida)

Sberbank: 2202 2016 3867 3398 (Yusupaliyeva Soliha nomida)

Telefon raqami: +9997 274 14 22

Zuhra Abduhalimova

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top