09:59 / 13.11.2020
3759

Giperbarik oksigenatsiya – kislorod yordamida davolash bo‘yicha zamonaviy amaliyot

Giperbarik oksigenatsiya (GBO) – barokamera ichida yuqori bosim holatida toza kislorodda nafas olish orqali davolash usuli. Giperbarik oksigenatsiya ta'sirining mohiyati shundaki, tana to‘qimalarining (qon, limfa, hujayralararo suyuqlik) kislorod bilan jismoniy to‘yinganligi yordamida uning organlar va hujayralarga yetkazilishi sezilarli darajada oshadi. Bu zaharlanish yoki kasallik tufayli kelib chiqqan umumiy va mahalliy kislorod tanqisligi yo‘qolishiga olib keladi.

Ushbu usul Germaniya, Turkiya, Italiya, Xitoy, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Belorus kabi mamlakatlarda keng qo‘llaniladi. Ushbu mamlakatlarda GBO usuli ham davlat shifoxonalarida, ham xususiy shifoxonalarida keng qo‘llaniladi. Hatto-ki, shoshilinch yordam bo‘linmalarida bir o‘rinlik va ko‘p o‘rinlik barokameralar is gazi bilan zaharlanish yoki boshqa holatlar uchun 24 soat davomida shifokorlar foydalanishi uchun mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlarida alohida GBO terapiya markazlari mavjud. Ushbu mamlakatlar GBO usulidan nafaqat turli xil kasalliklarni davolash va oldini olish usuli sifatida, balki ozish, immunitetni oshirish, yosharish va organizmning umumiy kuchini tiklash maqsadida foydalanadilar. U xalqaro musobaqalar uchun sportchilarni tayyorlash kompleksiga kiritilgan.

Giperbarik oksigenatsiya orqali keng turdagi bemorlar muolaja olishadi.

Qandli diabetga qarshi GBOning foydalari

Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda birinchi navbatda kichik tomirlar zarar ko‘ra boshlaydi. Qondagi qand darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, qon shu qadar yopishqoq bo‘ladi va kapillyarlardan o‘tishida qiyinchiliklar vujudga keladi. Bundan tashqari, «ortiqcha» glyukoza asta-sekin tomirlar devorlariga joylasha boshlaydi, bu esa ularning o‘tkazuvchanligini keskin kamaytiradi. Tomirlar mo‘rt bo‘lib, sekin asta biriktiruvchi to‘qima bilan o‘rin almashadi. Ushbu jarayonlar ko‘z, buyrak, qo‘llar va oyoqlarning («diabetik oyoq» deb ataladi) jiddiy asoratlari bilan to‘la.

OKSIMER giperbarik markazida davo olgan insonlardan biri

Qon tomirlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun va davolash uchun GBO seanslari juda ham foydali.

Zamonaviy va yuqori effektga ega giperbarik oksigenatsiya terapiya orqali yurtdoshlarimizning davolash amaliyotini kengaytirish uchun OKSIMER GBO markazi shu yilning oktyabr oyida Farg‘ona shahrida ikkinchi shifokorlar konferensiyasini uyushtirdi.

Bundan tashqari, Turkiya davlatidan OKSIMER GBO markaziga tashrif buyurgan doktor Gönül Atakişi (7 yildan buyon Turkiyadagi giperbarik oksigenatsiya markazida suv osti tibbiyoti va GBO terapiya mutaxassisi sifatida ishlab kelmoqda) 24 noyabrga qadar markazimizda bemorlar bilan ishlaydi va shifokorlar bilan tajriba almashadi.

Agar sizni qandli diabet kassaligi asoratlari, ya'ni oyoqdagi kuchli og‘riqlar, sovqatish, buyrak faoliyati buzilishi hisobiga paydo bo‘ladigan ko‘ngil aynishlari, ishtahaning yo‘qolishi, holsizlik, qon bosimining ortishi, yuz, qo‘l va oyoqlarda shishlar paydo bo‘lishi, uzoq vaqtdan beri bitmayotgan yaralar bezovta qilayotgan bo‘lsa, siz uchun yaxshi yangilik bor: giperbarik oksigenatsiya aynan ushbu holatlar uchun samarali davolash usuli hisoblanadi!

OKSIMER giperbarik oksigenatsiya markaziga tashrif buyurgan Turkiyalik mutaxassis

Manzil: Farg‘ona shahri, Nurafshon ko‘chasi, 35A.

OKSIMER giperbarik oksigenatsiya markazi geolokatsiyasi.

Telefonlar: +99855 801-00-05, +99873 243-00-05, +99899 110-62-03 (Telegram)

Sayt: www.oksimer.uz

Elektron-pochta: info@oksimer.uz

YouTube kanal: bit.ly/2VHarw9

Telegram kanal: t.me/oksimer_uz

Reklama huquqi asosida

Top