19:24 / 13.11.2020
5871

Saudiya Arabistoni neft inqirozidan qancha zarar ko‘rganini ma'lum qildi

Neftdan kelgan daromadning qolgan qismi (410 milliard rial) davlat xizmatchilarining oylik maoshini to‘lashga ham yetmaydi – buning uchun 504 milliard rial kerak.

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni hukumati 2020 yilda neft bozoridagi inqiroz sababli 100 milliard rial yo‘qotdi, bu 27 milliard dollardan ortiqroqdir. Bu haqda qirollik merosxo‘r shahzodasi Muhammad bin Salmon ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat daromadi 833 milliard rial darajasida bo‘lishi kutilgan, buning 513 milliard riali neftdan kelishi lozim edi. 

 Neftdan kelgan daromadning qolgan qismi (410 milliard rial) davlat xizmatchilarining oylik maoshini to‘lashga ham yetmaydi – buning uchun 504 milliard rial kerak. Shu sababli bin Salmon qirollikning neft qazib olishga bog‘liq bo‘lmagan daromadlarini 360 milliard rialgacha oshirishni buyurgan.

Yozda qirollik hukumati soliq va yig‘imlarni keskin oshirgandi. 1 iyuldan qo‘shimcha qiymat solig‘i 5 foizdan 15 foizga ko‘tarilgan, ayrim import mahsulotlar uchun bojxona yig‘imlari 0,5-15 foizga oshirilgandi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdul Aziz bin Salmon 2021 yilda neft qazib olishni kamaytirish to‘g‘risidagi kelishuv kvotalarni keskinlashtirish uchun ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytgandi. Koronavirusning ikkinchi to‘lqini sababli neft bozorining tiklanishi to‘xtab qoldi.

Top