18:12 / 14.11.2020
33556

AQSh Rossiyaning “O‘lik qo‘li”dan xavfsiramoqda

Perimetr majmuasi Rossiya hududida yadroviy portlashlarni sezishi bilan avtomatik ravishda yadroviy raketalarni uchirishga buyruq beradi.

Foto: EPA

AQSh Davlat departamenti Rossiyaning Yevropada “O‘lik qo‘l” deb nomlangan, yadroviy javob zarbasi beradigan Perimetr majmuasidan xavfsiramoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibining xalqaro xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Kristofer Fordning hisobotida aytilgan.

 "Ayrim OAV ma'lumotlariga ko‘ra 1980-yillarda Sovet ittifoqida yaratilgan va qurollanishda mavjud bo‘lgan Perimetr yoki “O‘lik qo‘l” tizimi borasida ham savollar kelib chiqadi. 2011 yilda uning mavjudligini strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari qo‘mondoni tasdiqlagan", - deyiladi hisobotda.

"Agarda ushbu tizim haqiqatan mavjud bo‘lsa va aytilganidek ishlasa, Perimetr Rossiya hududida yadroviy portlashlarni sezishi bilan mamlakat yadroviy arsenalidagi raketalarni uchirishga avtomatik ravishda buyruq beradi va shundan so‘ng uning kompyuter miyasi bosh shtab bilan aloqa o‘rnata olmaydi", - dedi Ford.

"Yadroviy qurollar borasida axloqiy masalalardan xavotirlanadigan har qanday insonda Perimetr bo‘yicha noxush savollar paydo bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

 Qayd etilishicha, Perimetr majmuasi Rossiya hududiga yadroviy zarba berilganida qanday javob qaytarish bo‘yicha o‘zi mustaqil ravishda qaror chiqaradi.

Mavzuga oid
Top