22:33 / 15.11.2020
11787

Misrda 100taga yaqin 2500 yillik sarkofaglar topildi

Misr hukumati Qohira yaqinida joylashgan Sakkara nekropolida kamida 100ta qadimiy sarkofag topilganini e'lon qildi. Ulardan ba'zilarida mumiyolar bo‘lgan. Avvalroq ham ushbu hududda 59ta sarkofag topilgandi.

Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha vaziri Xolid Al-Ananiyning ma'lum qilishicha, topilgan sarkofaglar Ptolemeylar (miloddan avvalgi 320-30 yillar) va Kechki saltanat (miloddan avvalgi 664-332 yillar) davrlariga mansub.

Yorqin bezatilgan sarkofaglar Joser ehromi tagida tashkillashtirilgan maxsus ko‘rgazmada taqdim etilgan. Arxeologlar sarkofaglardan birini ochib, uning ichida yaxshi saqlanib qolgan mumiyoni namoyish qilishgan. 

Misr rasmiy idoralari yaqin orada Sakkaradagi qazilma ishlari vaqtida topilgan boshqa arxeologik topilmalar haqida e'lon qiladi.

Mavzuga oid
Top