21:20 / 16.11.2020
5133

Gretsiya F-35 qiruvchi samolyotlari sotib olish uchun AQShga so‘rov jo‘natdi

Gretsiya Turkiya bilan Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizidagi kelishmovchiliklar bois o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga urinmoqda.

Foto: Flickr

Gretsiya 18-24 dona beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish uchun AQShga rasmiy so‘rov jo‘natdi. Bu haqda Gretsiya mudofaa vazirligiga tayanib Proto Thema nashri xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning Fransiyadan 18 dona Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib olish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng hukumat Vashingtonga zudlik bilan F-35 qiruvchilarini sotib olish haqida so‘rov yo‘llagan.

Qayd etilishicha, Gretsiya hukumati AQShdan 18-24 dona yangi yoki ilgari ishlatilgan qiruvchi samolyot so‘ragan.

"Zudlik bilan javob qaytarsangiz minnatdor bo‘lamiz", - deyiladi qurollanish va investitsiyalar bo‘yicha bosh direktor Teodoros Lagios imzolagan so‘rov maktubida.

Gretsiya Turkiya bilan Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizidagi kelishmovchiliklar bois o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga urinmoqda.

Mavzuga oid
Top