19:02 / 17.11.2020
8614

Aliyev Tog‘li Qorabog‘ga alohida maqom berilmasligini aytdi

Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, yagona Ozarboyjon davlati mavjud.

Foto: Reuters

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ga alohida maqom taqdim etilmasligini bildirdi. U bu haqda Boku nazorati ostiga o‘tgan hududlarga tashrifi chog‘ida aytdi, deb yozadi Oxu.az.

 «Biz yerlarimizdan bosqinchilarni quvdik, hududiy yaxlitligimizni tikladik, ikkinchi arman davlati paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadik va hech qanday maqom haqida so‘z bo‘lishi mumkinmas. Yagona Ozarboyjon davlati mavjud», — dedi Aliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «ko‘pmillatli, rivojlanayotgan Ozarboyjon davlatida turli xalq va dinlar vakillari ahil yashab kelmoqda».

Eslatib o‘tamiz, 9 noyabrda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bayonot imzoladi. Unga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, mintaqada rossiyalik tinchlikparvarlar joylashtiriladi.

Top