21:09 / 17.11.2020
12814

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston Iroqqa ham mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasi BAAdagi yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida Iroqqa qarshi maydonga tushib, bu safar ham mag‘lubiyatni tan oldi.

Payshanba kungi Suriya bilan o‘yindagi mag‘lubiyatli bahs bilan taqqoslaganda bosh murabbiy Vadim Abramov Iroq bilan o‘yinda jamoa tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Shunga qaramay, milliy jamoamiz 5 kun ichida 2-mag‘lubiyatni qarshi oldi.

O‘yindagi hisob 39-daqiqada Dostonbek Hamdamov tomonidan ochildi. U Hojimat Erkinov ishlagan 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi – 0:1.

63-daqiqada iroqliklar o‘yindagi muvozanatni tenglashtirishdi. Mohanad Alining yaqin burchakka yo‘llagan zarbasini qaytarishda darvozabonimiz Abduvohid Ne'matov xatoga yo‘l qo‘ydi – 1:1.

85-daqiqada esa himoyadagi muammo bo‘y cho‘zdi. Iroqliklar qarshi hujumini himoyachimiz Rustam Ashurmatov jarima maydoni ichida qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Belgilangan penaltini Ali Adnan golga aylantirib, Iroq milliy jamoasiga O‘zbekiston ustidan g‘alaba keltirdi – 2:1.

O‘rtoqlik uchrashuvi. BAA. 
17 noyabr (seshanba) 
Iroq - O‘zbekiston 2:1

Gollar: Mohanad Ali 63, Ali Adnan 85 penalti - Dostonbek Hamdamov 39 penalti.
Iroq: 20.Muhammad Hamid, 4.Saad Notiq, 23.M.Jabbor, 5.Atiya, 17.A'la Mahaviy (3.Muhammad Mustafo, 46), 14.Amjad Atvon, 6.Ali Adnan, 11.Humam Tariq (7.Ma'zin Fayyod, 46), 13.Bashar Resan, 8.Ibrohim Bayesh (22.Muhammad Mazhir, 89), 10.Mohanad Ali.
O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 6.Azizjon G‘aniyev, 5.Rustamjon Ashurmatov, 2.Islomjon Qobilov, 3.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 9.Abror Ismoilov (14.Akmal Mozgovoy, 69), 18.Lutfulla To‘rayev (15.Murod Xolmuhammedov, 73), 13.Sanjar Qodirqulov (8.Oybek Bozorov, 83), 17.Dostonbek Hamdamov (9.Jaloliddin Masharipov, 69), 20.Hojimat Erkinov (19.Azizbek Turg‘unboyev, 73), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (7.Shahzodbek Ubaydullayev, 83).

Top