14:37 / 18.11.2020
3539

O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 148 mln dollarga kamaydi

Joriy yil yanvar-oktyabr davomida respublikaga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 4,88 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 148 mln. dollarga yoki 3 foizga kamaydi.

Foto: Shutterstock

Markaziy bank xabariga ko‘ra, chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 934 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 67 mln. doll. yoki 8 foizga oshdi.

Natijada, transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 3,95 mlrd. dollarga yetdi, deyiladi xabarda.

Top