13:12 / 19.11.2020
10562

O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlikni muhokama qildi

Joriy yilning 18 noyabr kuni O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Rossiya harbiy idorasi matbuot xizmati.

«Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov bilan telefon orqali muzokara o‘tkazdi. Muzokaralar davomida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi», deyiladi ma'lumotda.

Oktyabr oyi oxirida MDH mamlakatlari Qurolli kuchlari shtablari rahbarlari Hamdo‘stlik chegaralaridagi harbiy-siyosiy vaziyatni Samarqandda muhokama qildi. Uchrashuvda Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy delegatsiyalari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi va MDH mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati delegatsiyalari ishtirok etdi.

Uchrashuv kun tartibiga «mudofaa va xavfsizlik sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik, shuningdek, MDH davlatlari chegaralari bo‘ylab yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyat to‘g‘risida fikr almashish» masalalari kiritildi.

Top