20:01 / 19.11.2020
21429

Yana uch viloyatda bojxona boshqarmasi rahbari o‘zgardi

Prezident farmoyishi bilan Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlari hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlari tayinlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bojxona xizmati polkovnigi Yusupov Doniyor Tavakkaljonovich Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar D.Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Mirzarahimov Yakub Hakimovich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Ya.Mirzarahimov Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti boshlig‘ining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Kazakov Ilhombek Bazarbayevich Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar I.Kazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari  lavozimida xizmat olib borgan.

Bugun, 19 noyabr kuni Qutlimuratov Bahodir Abdullayevich Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani haqida ham xabar berilgandi.

Top