21:31 / 19.11.2020
16830

Yangibozorlik fermer 40 tonna sholini xayriya qildi

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi fermer Otabek Qurbonov 40,7 tonna sholini «temir daftar»da turgan oilalarga beg‘araz tarqatdi.

Fermer xayriya qilgan sholi Istiqlol mahallasidagi 43 ta, Qiyot mahallasidagi 39 ta, Ming Bog‘olon mahallasidagi 40 ta va Ocha-qal'a mahallasidagi 39 ta oilaga bo‘lib berilgan.

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, Ming Bog‘olon mahallasida yashovchi Otabek Qurbonov «Xorazm faxri» fermer xo‘jaligi rahbari sanaladi.

Avgust oyi oxirida O‘zbekistonda 409 mingta oila «temir daftar»ga kiritilgani, ularning a'zolari soni 1,7 mln kishi ekani ma'lum qilingandi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakili ushbu 409 mingta oiladagi ishsizlar soni 396 ming nafar ekani va ular yil oxiriga qadar ish bilan ta'minlanishini aytgandi.

Mavzuga oid
Top