11:24 / 20.11.2020
11589

Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Bugun, 20 noyabr kuni, xalq deputatlari Mirzaobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jonibek Yariyev / Foto: Sirdaryo viloyat hokimligi

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Tuman hokimi Hamidulla Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Jonibek Yariyev Mirzaobod tumani hokimi lavozimini egalladi.

Jonibek Yariyev 1981 yilda Tojikistonning So‘g‘d viloyatida tug‘ilgan, 2008 yilda Guliston davlat universiteti, 2011 yilda Toshkent moliya instituti, 2015 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodiyot.

U 2001-2015 yillarda moliya tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2015-2016 yillarda Sirdaryo viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori o‘rinbosari, 2016-2017 yillarda Guliston shahar hokimligi hududni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, 2017-2020 yillarda Guliston shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Jonibek Yariyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top