11:22 / 21.11.2020
7373

Yengil avtomobil eksporti qariyb 1,7 baravarga oshgan – Statqo‘m

Mamlakatdan 2020 yilning 10 oyida chet elga 127,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 13 310 dona yengil avtomobil eksport qilingan. Bu haqda Davstatqo‘m xabar berdi.

Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln. AQSh dollariga ya'ni 66,8 foizga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (11 048 dona) eksport qilingan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 109,8 mln. AQSh dollari;
  • Ukraina – 6,4 mln. AQSh dollari;
  • Ozarboyjon – 6,2 mln. AQSh dollari;
  • Rossiya – 2,2 mln. AQSh dollari;
  • Tojikiston – 1,2 mln. AQSh dollari; 
  • boshqa davlatlar – 1,4 mln. AQSh dollari.

Ma'lumot o‘rnida, 2020 yilning 10 oyida mamlakatga 392,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi 22 228 dona yengil avtomobil import qilingan.

Mavzuga oid
Top