10:02 / 23.11.2020
11102

Toshkentda issiqlik ta'minotida yana bir avariya holati yuz berdi

Toshkentda issiqlik ta'minotida navbatdagi avariya holati yuzaga keldi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-2 mavzesidagi qozonxonada avariya holati yuzaga kelgan. Shu sababli qator manzillarda vaqtincha issiqlik ta'minoti uziladi.

Manzillar:

  • TTZ-2 mavzesi - ko‘p qavatli 1, 2, 7, 8 va 9 uylar, 5-yotoqxona;
  • Ziyoli ko‘chasi - ko‘p qavatli 1, 3, 5 uylar;
  • Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - ko‘p qavatli 469, 471, 473, 475, 477 va 479 uylar, 504-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti, 248-maktab, 6-oilaviy poliklinika.
  • Avariyani bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar ish olib borayotgani, bugun soat 16:00da issiqlik ta'minoti aholiga yetkazilishi aytiladi.
Top