07:59 / 24.11.2020
10261

YUNISEF 92ta davlatga vaksinani tezkorlik bilan yetkazish bo‘yicha amaliyotga tayyorlanmoqda

Foto: freepik.com

BMTning Bolalar jamg‘armasi YUNISEF COVAX mexanizmi doirasida 92ta davlatga koronavirusga qarshi vaksinani tezkorlik bilan yetkazish uchun logistika va tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi 350dan ko‘proq kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

“YUNISEF tayyorgarlikni boshlash uchun Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti ((PAHO) va Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) bilan birgalikda yetakchi aviakompaniyalarni qanday ko‘lamdagi tashuvlar talab etilishi haqida xabardor qildi va ular bilan 2021 yilda 2 mlrd doza vaksinani qanday tashish mumkinligini muhokama qildi. Bundan tashqari, dengiz yo‘li bilan 1 mlrd dona shpritsni yetkazish kerak bo‘ladi”, – deyilgan YUNISEF bayonotida. 

Yaqin orada xalqaro tashkilot past va o‘rta daromadli 92ta davlatga vaksinani uzluksiz yetkazishni ta'minlash uchun mavjud transport salohiyatlarini baholaydi.   

“Vaksinani sotib olish, yetkazish va taqsimlash tarixda bunday turdagi eng yirik va tezkor amaliyot bo‘lishi kutilmoqda”, – deb ma'lum qilingan tashkilotda. 

Avvalroq YUNISEF Panamerika sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda 2021 yilda koronavirusga qarshi 2 mlrd doza vaksina sotib olishga tender e'lon qilgani ma'lum qilingandi.

Top