22:52 / 26.11.2020
17848

AQSh nashri XXI asrning eng yaxshi aktyor va aktrisalari ro‘yxatini e'lon qildi 

The New York Times nashri kinotanqidchilari XXI asrning eng yaxshi aktyor va aktrisalari ro‘yxatini tuzdi. Reytingga hammasi bo‘lib 25 aktyor va aktrisa kiritilgan bo‘lib, unda amerikalik aktyor Denzel Vashington yetakchilik qilmoqda. 

Denzel Vashington / Foto: Universal Pictures

Reytingni tuzish ustida ishlagan Manola Dargis va Entoni Skott ushbu ro‘yxat “ba'zi kamchiliklar” sababli mojaroli va noxolis deb qabul qilinishi mumkinligini aytishgan.

Reytingning 1-o‘rnini aktyor Denzel Vashington egalladi. Jurnalistlar uni “ekran titani” deb atashgan.

“U raqobatdan tashqari. Ekran titani va shu bilan birga eski maktabning jiddiy sahna tayyorgarligiga va kinoyulduzga xos yorqin jozibaga ega ziyrak va nafis usta. U Shekspir va Avgust Uilson asarlari qahramonlari, yovuzlar va jasur kishilar rollarini ijro etishni birdek mahoratli uddalaydi. U oddiy yigitlar rolini qoyilmaqom ijro etadi”, deb yozgan Entoni Skott.
 
Shuningdek, yuqori beshtalikka fransuz aktrisasi Izabel Yupper, britan-irland aktyori Deniyel Dey-Lyuis, amerikalik aktyor Kianu Rivz va aktrisa Nikol Kidman kiritilgan.

Ro‘yxatga, shuningdek, janubiy koreyalik aktyorlar Son Kan Xo va Kim Min Xi, xitoylik aktrisa Chjao Tao, italiyalik aktyor Toni Servillo, fransuz aktrisasi Katrin Denyov, britaniyalik aktrisa Tilda Suinton, amerikalik aktyor Xoakin Feniks va aktrisa Julianna Mur kiritilgan.
 
To‘liq reyting quyidagicha ko‘rinish olgan.
 
1.  Denzel Vashington
2.  Izabel Yupper
3.  Deniyel Dey-Lyuis
4.  Kianu Rivz
5.  Nikol Kidman
6.  Son Kan-xo
7.  Toni Servillo
8.  Chjao Tao
9.  Viola Devis
10.  Sirsha Ronan
11.  Julianna Mur
12.  Xoakin Feniks
13.  Tilda Suinton
14.  Oskar Ayzek
15.  Maykl B. Jordan
16.  Kim Min-xi
17.  Elfri Vudard
18.  Uillem Defo
19.  Ues Styudi
20.  Rob Morgan
21.  Katrin Denyov
22.  Melissa Makkarti
23.  Maxershala Ali
24.  Sonya Braga
25.  Gael Garsia Bernal

Mavzuga oid
Top