09:11 / 27.11.2020
7081

Mutaxassis koronavirusga qarshi vaksinalarning umumiy kamchiligini ma'lum qildi 

Koronavirusga qarshi eng samarali vaksinalar insonga ikki marta kiritilishini nazarda tutadi. Biroq bu vaksinaning birinchi qismini olgan inson uni ikkinchi marta olishga kelmasligi xavfini bir necha marotaba oshiradi va shu tariqa vaksina samarasini yo‘qqa chiqaradi. 

“Ushbu vaksinalarning zaif tomoni aynan shunda. Odamlar birinchi vaksinani olishi, biroq ikkinchi vaksinani olishga kelishni unutishi yoki emlashga qarshi chiquvchilar “o‘gitlari”ga amal qilib, umuman kelmasligi mumkin”, deb aytgan Jorj Meyson universiteti (AQSh) tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, agar odamlar vaksinaning ikkinchi marta kiritilishiga bee'tiborlik qilsa, ommaviy emlash kampaniyasining samarasi deyarli yo‘qqa chiqadi.

Baranovaning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Xitoyda bir marta kiritilishi nazarda tutilgan vaksina ishlab chiqilmoqda, biroq uning qanchalik samarali ekani hozircha noma'lum. 

Mavzuga oid
Top